7 sentabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida mustaqil Özbekistonning Birinçi Prezidenti xotirasiga bağişlangan «My First President» nomli kitobning taqdimot marosimi bölib ötdi. Bu haqda jamğarmaning Facebook sahifasida ma'lum qilindi.
Mazkur risolada Özbekiston Birinçi Prezidenti xotirasiga bağişlab yozilgan inşolar tanlovi ğoliblarining inşolari töplangan. Uşbu tanlov Oliy va örta maxsus ta'lim yurtlari talabalari orasida ötkazilgan bölib, iştirokçilar öz yozma işlarini ingliz tilida taqdim etgan edilar.

Tanlov Özbekiston Respublikasi Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Islom Karimov nomidagi Fond bilan hamkorlikda taşkil etildi. Unda Özbekistonning barça hududlaridan 1400 nafarga yaqin oliy va örta maxsus ta'lim muassasalari talabalari iştirok etdilar. Ulardan 36 nafar talabalar yozma işlari hakamlar hay'ati qaroriga binoan, eng yaxşi yozilgan inşo deb topildi.
Islom Karimov nomidagi Fond 4 nafar ğolibni Apple Ipad planşeti, qolgan 32 nafar iştirokçini esa elektron kitoblar bilan taqdirladi.


















