SAVOL: Bir korxonada ikkita lavozimda işlaganligi uçun iş haqi tölaş qanday amalga oşiriladi?

Botirxon Utepbergenov.

JAVOB: Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan bir neça kasbda (lavozimda) işlaganlik, örindoşlik asosida işlaganlik uçun, xizmat körsatiş doirasi kengayganligi, bajariladigan işlar hajmi ortganligi uçun xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat şartnomasi taraflari örtasidagi kelişuvga köra belgilanadi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan «Örindoşlik asosida hamda bir neça kasbda va lavozimda işlaş tartibi töğrisida»gi nizomga muvofiq, kasblar va lavozimlarda örindoşlik asosida işlaganlik, xizmat körsatiş zonasini kengaytirganlik, işlar hajmini köpaytirganlik uçun xodimlarga qöşimça haq tölaş miqdori, agar jamoaviy şartnomada yoxud iş beruvçi tomonidan kasaba uyuşma qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organi bilan kelişgan holda qabul qilingan boşqa içki hujjatda özgaça tartib nazarda tutilmagan bölsa, tomonlarning kelişuvi böyiça belgilanadi.

Byudjyet taşkilotlarida kasblar va lavozimlarda örindoşlik asosida işlaganlik, xizmat körsatiş zonasini kengaytirganlik, işlar hajmini köpaytirganlik uçun qöşimça haq tölaş miqdori örindoşlik böyiça işlanayotgan lavozim böyiça maoşning (tarif stavkasining) 30 foizidan ortiq bölişi mumkin emas.

Savolga huquqşunos Nafisa Usmonova javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.