Jizzax viloyati Örta maxsus kasb-hunar ta'lim boşqarmasida xöjalik-mudiri kassir lavozimida faoliyat yuritgan Zulayho Jörayeva (ism-familiyalar özgartirilgan) boşqarma tarkibidagi öquv yurtlariga öquvçilarni kiritiş orqali moddiy manfaat körişni maqsad qiladi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Avvaliga Z.Jörayeva fuqaro Nina Olkinaga taniş-bilişlari orqali qizi Umida Olkinani Jizzax tibbiyot kollejiga öqişga kiritib qöyişini aytib, uning işonçiga kiradi. Ayolning sözamolligi, çört kesib gapirişiga işongan Nina Olkina 1200 AQŞ dollarini Z.Jörayevaga tutqazadi.
Yolğon gaplar, sözamollik ortidan kelayotgan pul “qahramon”imizni ançayin özgartirdi. Birinçi “ov”idagi natija sabab, könglida yana şum niyat tuğildi. Şu boisdanmi, oradan bir oy ötib, Z.Jörayeva Nina Olkinaning qizi Umid Olkinaning yoniga keladi. “Seni kollej kiritib qöydim. Öqişga borişing, sessiya yopişing, amaliyotlarga qatnaşişing şart emas, barçasini hal qilganman”, deya turli yolğonlarni töqib, qizni işontiradi. Uning yolğon gaplariga işongan Umid Olkina yetti oy davomida 6 mln söm pullarini Z.Jörayevaga qöşqöllab topşirganini bilmay qoldi.
Umida Olkinaga Rossiya Federatsiyasida işlayotgan onasidan kelib turgan pulning daragini eşitgan “qahramon”imiz bu bilan töxtab qolmadi. Firibgar ayol yana Umidaga uçraşdi. Bu safar u 10 kun içida qaytarib beriş şarti bilan 1600 AQŞ dollarini çöntagiga urdi.
Qanday bölmasin, Umidadan yana pul undirişni maqsad qilgan Z.Jörayeva bu safar öziga Jizzax tuman kompyuter texnologiyalari kollejida öqituvçi bölib işlagan Sevara Turğunovani şerik qildi. Unga Umida Olkina Jizzax tuman kompyuter texnologiyalari kollejida öqiyotganligini, tez orada hujjatlari boşqarma orqali tibbiyot kollejiga ötişini tuşuntirişda yordam berişini söraydi. S.Turğunova tanişi Z.Jörayevaning aytganiga rozi böldi.
Unga uçragan Umid Olkinaga kollejida öqiyotgani, yaqin kunlarda tibbiyot kollejiga hujjatlari ötişini aytib, qizni uyiga kuzatadi. Bu orada “qahramon”imiz işlari bitayotganligi uçun Umidadan yana 100 AQŞ dollarini oldi.
Mehnatsiz daromaddan oğzi şirin bölgan Z.Jörayeva yana “ölja” izlaşga tuşdi. Köp ötmay unga Paxtakor tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro Farangiz Asqarova röpara böldi. U qizi Dilafrözni Jizzax tibbiyot kollejiga öqişga kiritiş niyati borligi, şu masalada yordami kerakligini aytdi. Z.Jörayeva F.Asqarovaning işonçini “oqladi”. F.Asqarova 800 AQŞ dollari, 1,5 mln sömlik uç dona tilla uzuk, oradan köp ötmay, yana 200 AQŞ dollarini “hojatbaror”ga berganini bilmay qoldi.
Bundan taşqari, Z.Jörayeva Jizzax şahrida yaşovçi fuqaro Zarnigor Nabiyevadan uni Jizzax pedagogika kollejiga işga kiritib qöyiş evaziga 200 AQŞ dollarini firib yöli bilan oladi.











