Jahon | 08:08 / 09.09.2017
7450
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda Shimoliy Koreya yadro sinovlari sababli radiatsiya darajasi oshgani taxmin qilindi

Xitoylik mutaxassislar Shimoliy Koreya vodorod bombasini o‘tkazgan joy deb taxmin qilinayotgan hududlarda radiatsiya darajasi oshganini qayd qilishdi. Xavfli zarralar Chanbay-Koreys muxtor uyezdida aniqlangan. Radioaktiv darajaning oshishi 3 sentabrdan 5 sentabrgacha yuz bergan, maksimal darajaga esa 6 sentabrda yetgan.

Shimoliy Koreya o‘tkazgan vodorod bombasi sinovi vaqtida radiatsiya foni 108,6 nanogreyni tashkil qilgan. Maksimal qiymat esa portlashdan g‘arb tomonda qayd qilingan. Bu yerda radiatsiya miqdori 110,7 nanogreydan 112,5 nanogreygacha ko‘tarilgan. 

Shu bilan birga mutaxassislarning ta'kidlashicha, vodorod bombasi sinovi va radiatsiya oshishi o‘rtasida bog‘liqlik borligi haqida xulosa chiqarishga hali erta. Radiatsiya fonining 20 nanogrey atrofida o‘zgarishi tabiiy sabablarga ko‘ra ham yuz berishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid