Bir neça hafta oldin bir neçta internet naşrlarda 2010 yilda tugatilgan «Alp Jamol Bank» haqidagi material keng auditoriyaga kredit taşkilotining köplab aldangan omonatçilari musibatlari haqida eslatdi.
Uşbu yetti yillik voqeada haqiqatdan ham, birinçi navbatda, «Alp Jamol»ning sobiq rahbariyati tomonidan öz mijozlari oldidagi majburiyatlarini mutlaqo e'tibordan çetda qoldiriş bilan boğliq ba'zi oçiq savollar mavjud.
Eslatib ötamiz, litsenziyani bekor qiliş va bank faoliyatini töxtatiş, bank va soliqqa oid katta miqdordagi firibgarliklarga aloqador, şuningdek, moliya muassasasi işini bankrotlikdan avvalgi holatga keltirib qöygan uning egalari jinoiy faoliyatini tergov qiliş natijalaridan söng darhol röy berdi.
Jinoyat işining jamoatçilikka oşkor qilingan tafsilotlaridan ma'lumki, «Alp Jamol» boşliği Muhiddin Asomiddinov «qora» valyuta operatsiyalarini ötkazib, nazorat qilingan firmalar foydasiga kreditlarni noqonuniy rasmiylaştiriş, omonatçilarning mablağlarini özlaştiriş va soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş orqali ulkan daromadlar olgan.
Jinoiy yöl bilan olingan kapitalni yuviş uçun «Alp Jamol» egasi köplab köçmas mulk obektlarini qurişni moliyalaştirdi. Ulardan eng maşhurlari «Versal» va «Sayohat» restoranlari bölgan.
Hattoki «offşorlarda» röyxatdan ötgan öz kompaniyalari hisoblariga katta miqdordagi valyutani ötkazişga muvaffaq bölgan (ulardan birining soxta rahbari Asomiddinovning haydovçisi – Alimov X. bölgan).
Uşbu hiyla-nayranglar ommaga oşkor bölgandan keyin, mijozlarning aksariyati Asomiddinovni aldovda ayblaşni boşlaşib, özlarining mablağlari villalar, haşamatli uylar va nufuzli avtomobillarni sotib olib uçun sarflangan bölişi mumkinligini taxmin qilişdi. Tergov natijalari körsatdiki, bu taxminlar haqiqatga juda yaqin bölgan.
2011 yilgi sud qaroriga köra, «Alp Jamol»ning qariyb 10 nafar xodimi sudlandi, taxminan 120 mlrd sömlik pul mablağlari va boşqa aktivlar yetkazilgan zararni qoplaş tarzida davlat daromadiga ötkazildi.
Biroq, huquqni muhofaza qiliş organlaridan xabar berişganidek, Asomiddinovning özi kredit muassasalari faoliyatini tekşiruvi boşidayoq qöşni Qozoğistonda yaşiringan.
Rasmiy manbalardan olingan ma'lumotga köra, jinoiy işni tergov qiliş va «Alp Jamol» mulkini musodara qiliş hollariga qaramay, jismoniy şaxslar qatoridagi aksariyat omonatçilar öz mablağlarini talab qilib olişga muvaffaq böldilar, ularning jami miqdori taxminan 28 milliard sömni taşkil etdi.












