Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev markazida avtomobil portlashi videosi paydo bo‘ldi
Internetda Ukraina poytaxti Kiyev markazida Toyota Camry avtomobili portlashi qayd qilingan videoyozuv paydo bo‘ldi. Video videoregistrator kamerasi tomondan muhrlangan.
Videoda portlash va mashina bo‘laklarining har tomonga otilayotganini ko‘rish mumkin.
Portlash 8 sentabr soat 18:21da Kiyevdagi Bessarab bozori yonidagi ko‘chada yuz bergan.
Avtomobilda uch kishi bo‘lgan: erkak haydovchi, ayol va bola. Portlash oqibatida erkak halok bo‘lgan, ayol jiddiy jarohatlar olgan, bolaga esa hech narsa qilmagan.
Halok bo‘lgan shaxs Gruziyaning Timur Maxauri ismli fuqarosi bo‘lgan. Ukraina ichki ishlar vaziri matbuot kotibining aytishicha, u jinoiy doiralarda taniqli shaxs bo‘lgan. Ukraina OAV Maxauri avval Donbassdagi to‘qnashuvlarda ishtirok etganini ma'lum qilgan.
Politsiya ushbu holat yuzasidan “qasddan qotillik sodir etish” moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Mavzuga oid
09:17 / 05.05.2026
Xitoyda feyyerverk zavodida yuz bergan portlashda o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026