Angliya premer-ligasining 3-turi markaziy uçraşuvida «Mançester Siti» «Liverpul»ni qabul qilib, yirik hisobda ğalaba qozondi.
Uçraşuvning 24-daqiqasida Serxio Aguero De Bryuynening pasidan keyin hisobni oçdi. 37-daqiqada livepulliklar yetakçisi Sadio Mane «Mançester Siti» darvozaboni Edersonning yuziga oyoği bilan zarba bergani uçun qizil kartoçka oldi. Hakam Edersonga tibbiy yordam körsatilgani va maydondan çiqib ketgani uçun 8 daqiqa qöşib bergandi. Öşa daqiqlarning oltinçisida Gabi Jyezus yana öşa De Bryuynening töp uzatişini golga aylantirdi.
Ikkinçi bölimda esa mançesterliklar maydonda istalgan işini qildi. Avvaliga Jyezus Agueroning uzatmasidan söng hisobni yirik körinişga olib kelgan bölsa, uning örniga maydonga tuşgan Leroy Sane öyinning sönggi qismida kiritgan ikki goli evaziga «Siti»ga öta yirik ğalabani taqdim etdi.
Uşbu ğalabadan keyin «Mançester Siti» hisobidagi oçkolar soni 10ga yetdi va jamoa turnir jadvalida birinçi öringa kötarilib oldi. «Liverpul» esa 7 oçko bilan 5-örinda qoldi.
Angliya premer-ligasi, 4-tur
Mançester Siti – Liverpul 5:0 (2:0)
Gollar: Aguero (24), Gabriel Jyezus (45+6, 53), Sane (77, 90+1).
Mançester Siti: Ederson (Bravo, 45), Danilo, Stounz, Mendi, Otamendi (Mangalya, 71), Fernandino, de Bryuyne, Silva, Uoker, Gabriel Jyezus (Sane, 57), Aguero.
Liverpul: Minole, Matip, Moreno, Aleksander-Arnold, Klavan, Firmino (Solanke, 67), Djan, Salax (Oksleyd-Çemberlen, 46), Veynaldum (Milner, 58), Mane, Xenderson.
Ogohlantirişlar: Otamendi (6), Aleksander-Arnold (19), Fernandino (28), Djan (80).
Çetlatiş: Mane (37).












