2017 yilning birinchi yarim yilligida parvoz qilgan 22 mingdan ortiq yo‘lovchilarni so‘rovdan o‘tkazgan Tutu.ru xizmati bortida eng mazali va xushxo‘r taomlar beriluvchi MDH davlatlari aviakompaniyalari reytingini tuzib chiqdi, deb yozadi Forbes-Qozog‘iston.

 

Yo‘lovchilar eng mazali taomlar «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi bortida beriladi, deb hisoblashar ekan

Foto: onemileatatime.img.boardingarea.com

O‘zbekiston Respublikasining davlat aviakompaniyasiga 1992 yilda asos solingan. Milliy aviakompaniya bugungi kunda jahoning 40dan ortiq shaharlari — Yevropa va Osiyo davlatlari, shuningdek Amerikaga doimiy parvoz qiladi. Aviakompaniyaning vakolatxonalari jahonning 25 davlatida mavjud. Respublikaning aviakompaniya tarkibiga kiruvchi 11 aeroporti xalqaro maqomga ega.

Ikkinchi o‘rinda — «Eyr Astana»

Foto: aquatek-filips.livejournal.com

Yo‘lovchilar bortdagi taomlarni uyda tayyorlanadigan ovqatga o‘xshatishgan, menyuda go‘sht juda ko‘pligini qayd etishgan. «Eyr Astana» 2002 yilning 15 mayidan doimiy parvozlar uyushtirib kelmoqda, bugungi kunda Ostona va Olma-otadagi hablardan 60dan ortiq xalqaro va ichki reyslar amalga oshiriladi. Aviakompaniyaning havo floti 31 samolyotdan iborat. «Eyr Astana» 2012 yilda MDH va Sharqiy Yevropa davlatlari ichida ilk bor Skytrax xalqaro agentligining 4 yulduz nufuzli reytingi hamda Markaziy Osiyo va Hindistonning eng yaxshi aviakompaniyasi unvoniga ega bo‘lgan. Har ikki nufuzli unvon keyingi yillarda ham qaytadan egallangan.

Rossiyaning «Alrosa» aviakompaniyasi uchinchi o‘rinni olgan

Foto: aviado.ru

Bu kichik aviakompaniya «Alrosa» — jahonda yetakchi olmoslar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga tegishli. Foydalanuvchilar doimo 3 xil taom taklif etilishi va ular mazali ekanini qayd etishgan.