Apple kompaniyasining yangi iPhone telefoni firma smartfonlari orasida eng qimmati böladi, deb yozmoqda Buyuk Britaniyaning The Telegraph naşri. U 12 sentabr kuni taqdim etiladi.

Apple korporatsiyasining boş pudratçisi Foxconn kompaniyasi vakilining sözlariga köra, iPhone 8 "arzon bölmaydi". Dastlabki hisob-kitoblarga köra, yangi iPhone ming dollar atrofida turişi mumkin. 7s va 7s Plus modellari arzonroq narxda sotiladi. Ular iPhone 7 va 7 Plus qiymati — 782 va 938 dollar atrofida böladi, deb yozadi RIA Novosti.

Naşrningyozişiça, Apple gadjyetning 10 yilligi munosabati bilan mijozlarini lol qoldirişni maqsad qilgan. Uning taşqi öziga xosligi, old panelda töliq egallaydigan yirik ekrani böladi. Bu esa, Apple korporatsiyasiga telefon ölçamini özgartirmasdan ekran hajmini yiriklaştirişga imkon beradi. Bundan taşqari, "uyga" tugmaçasi ham bölmaydi.

Telefon yuzni infraqizil skaner bilan taniş funksiyasiga ham ega. Şunday ekan, uni foydalanuvçi yuzini skanlaş orqali smartfonni işga tuşiriş mumkin böladi. Şuningdek, smartfonda 3D kamera ham bölişi kutilayapti. Gazeta ma'lumotlariga köra, iPhone 8 3 ta: oq, qora va misrangda havola etiladi. Şu bilan birga, "puşti tillarang" qöşilişi mumkin.

An'anaga köra, iPhone dizayni har ikki yilda özgaradi. Dastlab Apple yangi körinişdagi telefon işlab çiqaradi, keyingi yili uni biroz modernizatsiya qiladi. Biroq, bu yil kompaniya birdaniga 3 ta telefonni namoyiş etadi. Bular: iPhone 7s, iPhone 7s Plus va iPhone 8. Korporatsiya iPhone telefonlaridan taşqari yangilangan Apple TV va smartfonsiz ham işlaydigan Apple Watch smartsoatlarini ham namoyiş etişi kutilmoqda.