Fransiya çempionatining 5-turida PSJ "Metts" mehmoni böldi. Gollarga boy bölgan uçraşuv 1:5 hisobida mehmonlar foydasiga hal böldi. 

Öyinning 31-daqiqasida Kavani hisobni oçgan bölsa, 37-daqiqada River oradagi farqni tenglaştirdi. Ikkinçi bölimning 14-daqiqasida PSJ tarkibida debyut öyinini ötkazayotgan hujumçi Kilian Mbappe PSJni oldinga olib çiqdi. Oradan 10 daqiqa ötib, Neymar oradagi farqni oşirdi. 75-daqiqada Kavani, 87-daqiqada Lukas Moura kiritgan gollar hisobning yirik bölişini ta'minladi. 

Metts – PSJ 1:5 (1:1, 0:4)
Gollar: 0:1 – 31 Kavani, 1:1 – 37 River, 1:2 – 59 Mbappe, 1:3 – 69 Neymar, 1:4 – 75 Kavani, 1:5 – 87 Lukas Moura.
Metts – Kavasima, Bişevats, Assu-Ekotto, Baliu, Nyaxate, Kafu (Yudol, 61), Filipps, Dossevi, Koad, River (Ngette, 55), Ru (Fernandes, 76).
PSJ –    Areolya, Markinos, Berçiçe, Mene, Kimpembe, Draksler, Rabo (Nkunku, 84), Motta (Lo Çelso, 78), Neymar, Mbappe, Kavani (Lukas Moura, 78).
Ogohlantirişlar: Draksler (41).
Çetlatiş: Assu-Ekotto (56).