Keça «PSJ» safarda «Metts» ustidan 5:1 hisobida ğalaba qozondi. Şakllanayotgan yangi uçlik - Neymar, Kavani va Mbappe deyarli barça golda iştirok etişdi. Parijliklar beş öyindan söng yuz foizlik körsatkiç bilan borişmoqda.
Albatta, Emeri Fransiyada bunday natijaga Neymarsiz ham, Mbappesiz ham erişişi mumkin edi. Yevropa Çempionlar Ligasi bu boşqaça turnir, u yerda ğolib çiqiş uçun heç qanday summa, heç qanday futbolçi kafolat bermaydi. Mana şu nuqtai nazardan qaraganda, yangi transferlar «PSJ»ga nima berdi? Keling, şu haqida fikr yuritamiz.
Avvalo, şuni e'tiborga oliş kerakki, futbol olami, futbol biznesi özgarib bormoqda. Muvaffaqiyatli klub tuşunçasi faqat maydondagi natija va hatto sovrinlar bilan çeklanib qolmayapti. Sönggi yillardagi Yevropaning eng barqaror klublaridan biri bölgan «Atletiko» hali ham tomoşabinlarni va homiylarni öziga jalb etiş böyiça oqsamoqda. Sababi, jamoa maydonda har qança muvaffaqiyat qozonmasin, u körsatayotgan öyinning tomoşabopligi, jamoada töp surayotgan futbolçilarning yulduzligi katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada uzoq yillar ustunlik qilgan «Real», «Barselona» yoki «Mançester Yunayted» «panjasiga panja uriş» uçun ham mana şu yönalişda iş olib boriş şart. Mbappe va Neymarning transferlari Parij klubiga, umuman Fransiya çempionatiga ajoyib marketing yurişi sifatida foyda keltirişi şubhasiz. Misol uçun, mening özim, keça uşbu öyinni tomoşa qildim. «PSJ»ning har qanday raqibga qarşi öyiniga qiziqiş oldingidan köra kattaroq, menga öxşaganlar yana bölsa kerak.

Yana ta'kidlaş mumkin. Klubning yangi davrdagi ambitsiyalari haqida söz borganda, ötgan yilgi YeÇL nimçorak finalini eslaşga ehtiyoj sezamiz. Öşanda «Barselona» ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi ğalabaning yakunda boy berilişi butun Yevropada jamoani şarmanda qildi. Heç qanday top-klub «Kamp Nou»da «PSJ» tanlagan taktikani tanlamas, aksariyat hollarda «Barselona» birinçi öyindan keyinoq taqdirga tan berişi lozim edi.
Yetti yildan beri Yevropaning eng katta klublaridan biri bölişga harakat qilayotgan va ötgan yillar davomida milliardga yaqin pul sarflab ulgurgan «PSJ» uçun bu juda qattiq zarba edi. Bu mağlubiyat «PSJ»ning Yevropadagi havaslariga soya soldi, hatto klub içkarisida ham bu loyihaga bölgan işonçsizlik çölğab oldi.
Neymarning «Barselona»dan, Mbappening qaysidir ma'noda «Real»dan tortib olinişi, «PSJ»ning aynan ambitsiyalar borasida hali ham Yevropaning yetakçisi bölişga da'vogar ekanini namoyon qildi. Işonçim komilki, mabodo klub Çempiolar Ligasida qaytadan «Barselona» qarşisiga çiqsa, ötgan yilgi öyinni eslab oyoqlari qaltiramaydi, aksinça, yozgi transfer dariçasidagi işonçli harakatlar tufaydi, göyoki, «PSJ» har jihatdan favoritdek böladi. Bu muhim jihat futbolçilar ongiga ham singişi tabiiy.

Esingizda bölsa, yozning boşida jamoa yetakçilaridan biri Marko Veratti «Barselona»ga ketişni orzu qilayotgandi. Avgust oxiriga borib, göyoki Veratti seriali davom etadi va yakunda Parij klubiga uni uşlab qoliş juda qiyin böladi, deb taxmin qilayotgandik. Çunki öşa paytda Barselonaga boriş Veratti uçun oldinga taşlangan qadam sifatida baholanayotgan edi.
Qarangki, ötgan ikki oyda, hali jamoalar birorta öyin ötkazib ulgurmay, bunday fikrlar nafaqat bizning, hatto Verattining ham xayolidan çiqib ketdi. Umuman, Anxel Di Mariya, Xaver Pastore, Lukas Moura darajasidagi yulduzlarga e'tibor bering – «PSJ»da ham kuçli uçlik paydo bölayotgani sababli, katta ehtimol bilan futbolçilar ham aksariyat öyinlarda zaxirada qolib ketişlari mumkin. Jahon çempionati eşik qoqayotgan paytda, mana şu darajadagi yulduzlarning boşqa klublarda şunday vaziyatda qolganliklarini tasavvur qiling. Albatta, injiqliklarni boşlaşar, köproq maydonga tuşişni talab qilişar, boşqa jamoaga ötib ketiş haqida öylaşardi. Lekin Parijda bunday ziddiyatlar haqida eşitmadik, har bir yulduz bu loyihada iştirok etişdan, asosiy tarkib uçun raqobatdan çekinmayapti.
Iqtisodiyotda bir paradoks bor. Mazmuni şundaki, «PSJ» Neymar uçun 222 million yevro tölab, rekord qöydi, öz navbatida Neymarni juda arzonga sotib olgan bölib çiqdi. «PSJ» Neymarni sotib oliş orqasidan kuzatilgan özgariş Neymarning narxini yanada oşirib yubordi. Qiziğ-a?
«Neymar hammasini özgartirib yubordi, biz iyulda sotib olgan Lukaku, Matiç kabi futbolçilar Neymar transferidan söng, ikki barobar oşib ketgan bölardilar» - dedi Joze Mourino. «Arzon narsa oladigan darajada boy emasman» degan ibora ham bor, eşitgandirsiz.
Xullas, Neymarga katta pul tölaş orqali «PSJ» transfer bozorini qalqitib yubordi va bu transfer orqasidan narxlar keskin kötarilib ketdi. Şu darajada kötarildiki, agar «PSJ» bugun Neymarni 250 millionga sotaman desa, kamida ikkita xaridor çiqadi. Şartnomasiga atigi bir yil qolgan, 30 yoşni uray degan Aleksis Sançes uçun 70 million yevrolik muzokaralar böldi, Filippe Koutinoga 150 million söraşdi, «Real» Asensioning tovon pulini 500 millionga kötardi. Va hokazo.
Bu raqamlar bilan soliştirilganda, yoşi, öyini, nomi, brendligi bilan Neymarning narxi normal körinib qoldi. Neymar va Mbappe transferi orqali, kötarilib ketgan bozorda tarkibi şakllangan «PSJ» bemalol öziga kerak bölmagan futbolçilarni qimmat narxlarga sota boşlaşi mumkin.
Bundan ham aqlli transfer siyosati bölişi mumkinmi?
Qahramon Aslanov












