Apple korporatsiyasining 12 sentabr kuni bölib ötadigan taqdimotida uç smartfon namoyiş etiladi: iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X. Sönggisining nomi Bloomberg tomonidan oşkor etildi. 

Ma'lum bölişiça, iPhone X premium versiyali smartfon sifatida taqdim etiladi,  iPhone 8 va iPhone 8 Plus esa avvalgi modellarning yangi avlodi hisoblanadi. 

iPhone X smartfonining premium xususiyatlari orasida Face ID - yuzdan taniy oliş funksiyasini qayd etiş mumkin, natijada gadjyetni Touch ID'ga qöl tekkizmay blokdan yeçiş mumkin böladi. Bundan taşqari, iPhone X foydalanuvçining yuzini skanerlaşi va uni emojiga aylantira oliş xususiyatiga ega. Model nomi birinçi iPhone'ning 10 yillik yubileyi şarafiga berilgan bölişi mumkin, deya taxmin qilinadi Bloomberğda.

Amerikaning Apple korporatsiyasi 12 sentabr kuni namoyiş qilinadigan yangi smartfoni hoşiyasiz displey bilan ta'minlanişi kutilmoqda. AQŞning özida yangi smartfon narxi taxminan 900 dollardan boşlanişi qayd etilgan.