Angliya premer-ligasining 4-turidan örin olgan uçraşuvlardan birida «Mançester Yunayted» «Stok Siti» mehmoni böldi.
Aleks Fergyuson jamoadan ketganidan buyon Stokda ğalaba qozona olmayotgan mankunianlar bu safar ham bu işni uddalay olişmadi. Avvaliga Şupo-Moting hisobni oçgan bölsa, köp ötmay Markus Reşford tasodifiy bölsada, gol muallifiga aylandi. Ikkinçi bölimda Romelu Lukaku jamoasini oldinga olib çiqqandi. Biroq yana öşa Şupo-Moting tomonidan kiritilgan gol öyinning durang bilan tugaşiga sabab böldi.
Natijada «Stok Siti» ketma-ket beşinçi uçraşuvdirki, öz uyida «MYu»ga mağlub bölmadi. Jamoa boş murabbiy Mark Hyuz esa Joze Mourinoga qarşi uçraşuvlarda ketma-ket törtta uçraşuvda yutqazmagan ikkinçi murabbiyga aylandi.
Uşbu durangdan keyin «MYu» hisobidagi oçkolar soni 10taga yetdi va jamoa hamşaharlari «Siti» bilan bir xil oçko töplagan holda turnir jadvalini boşqarib borişmoqda. «Stok Siti» esa 5 oçko bilan 10-poğonani band etgan.
Angliya premer-ligasi, 4-tur
Stok Siti – Mançester Yunayted 2:2 (1:1)
Gollar: Şupo-Moting (43, 63) – Reşford (45) Lukaku (57).
Stok Siti: Batlend, Vimmer, Kemeron (Martins Indi, 46), Piters, Zuma, Allen, Fletçer, Şakiri, Xese (Beraxino, 75), Şupo-Moting, Diuf.
Mançester Yunayted: De Xea, Bayi, Darmian, Valensiya, Djons, Errera (Marsyal, 72), Matiç, Pogba, Mxitaryan (Lingard, 84), Reşford (Mata, 72), Lukaku.












