"Irma" dovulining yaqinlaşişi munosabati bilan Floridaning 70 mingdan ziyod aholisi ştatning butun hududi böylab jihozlangan vaqtinçalik boşpanalarga joylaştirildi. Bu haqida Florida gubernatori Rik Skott matbuot anjumanida ma'lum qildi. 

"Biz boşpanalar yetarli bölişini ta'minlaş uçun joylardagi hukumatlar bilan birgalikda tunu kun işlayapmiz. Hozirda ularning soni 385 taga yetgan bölib, yana boşqa boşpanalar ham jihozlanmoqda. Ularga 70 mingdan ziyod kişi joylaştirilmoqda", - deya aniqlik kiritdi gubernator. U 6,3 million kişi majburiy evakuatsiya qilinişini ta'kidladi.

Şuningdek gubernator Florida qirğoqlarida 4.6 metr balandlikdagi suv toşqini kutilayotgani, 7.6 ming kişi elektr energiyasisiz qolişi prognoz qilinayotganini ma'lum qildi. Rik Skott dovullar makkor atmosfera hodisasi ekani va ular bir neça daqiqada bir aholi punktini bir neça marta qamrab olişi mumkinligini eslatib ötdi. 

"Yodingizda bölsin, şamol kuçining pasayişi xavf yöqolganini bildirmaydi. Vaqtinçalik jimlik paytida ham aslo derazalarni oça körmang. Töfon dengizdagi tölqinlar kabi - keladi va yana qaytiş uçun ketadi", - deya ogohlantirdi u.