"Irma" dovuli Florida ştati hududiga yetib keldi. AQŞ Milliy dovullardan ogohlantiriş markazi şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, dovul kuçi maksimal beş darajali xavfdan törtinçi darajaga töğri keladi. Şamol tezligi soatiga 209 kilometrni taşkil qilmoqda.
Dovul ştat janubidagi Florida-Kis orolini qamrab olgan. Prognozlarga köra, u Florida qirğoği böylab şimoli-ğarbiy yönalişda harakatlanmoqda.
Bundan avval Florida ştati gubernatori Rik Skott 6,3 million kişining evakuatsiyasi haqida ma'lum qilgandi. Xavfli hududlarni tark etgan kişilarga borgan yerlarida qoliş tavsiya qilingan, zero ularni evakutsiya qilişga keç.
"Irma" sönggi 20 yilda Atlantikada kuzatilayotgan eng kuçli dovul sifatida qayd etilmoqda. Karib suv havzasidagi 20 dan ziyod kişi dovul qurboniga aylandi.












