Berlin prokuraturasi XDI partiyasi va uning yetakçisi Angela Merkel ustidan tuşgan şikoyat yuzasidan tekşiruv işlarini boşladi. Der Spiegel şu haqida xabar berdi. Naşrga köra, şikoyat familiyasi oşkor qilinmagan advokat tomonidan berilgan. 

Yuristning fikriça, Merkel va uning partiyasi Bundesver havo kemalaridagi parvozlari hamda saylov oldi kampaniyasida foydalangan politsiya xizmati uçun pasaytirilgan narx-navo böyiça hisoblaşgan. 

Ma'lum bölişiça, Bundesverga sörovnoma bilan "Yaşillar" partiyasi murojaat qilgan. Uşbu partiya vakillari özlarining siyosiy raqiblari, xususan XDI va şaxsan Merkelni öz ixtiyori bilan farqni tölaş va parvoz narxini töliq qoplaşga çaqirişgan. 

XDS partiyasida bunga qoidalarga köra iş tutilayotganini aytib javob berişgan.