«Real» himoyaçisi Marselo «Levante»ga qarşi uçraşuvda  (1:1) olgan töğridan-töğri qizil kartoçkasi uçun qattiq jazolanişi mumkin, deb yozmoqda As.

Braziliyalik futbolçi  uçraşuvning 89-daqiqasida töğridan-töğri qizil kartoçka olgandi. Uçraşuv hakami Alexandro Ernandes «Real» himoyaçisini Jyefferson Lermaga nisbatan işlatgan qöpolligi uçun çetlatgandi.

Öyin qaydnomasida yozilişiça, Marselo Lerma töpsiz turgan vaziyatda uning orqasidan kelib beliga zarba bergan. Liga qoidalariga köra, agar futbolçi töpsiz holatdagi harakati uçun qizil kartoçka olib maydonni tark etsa 2 uçraşuvga diskvalifikatsiya qilinişi mumkin.

Agar tartib-intizom qömitasi Marselo bu işni ataydan qilgan deb hisoblasa diskvalifikatsiya 4 uçraşuvga qadar oşişi mumkin böladi.