Angliyaning «Kristal Pelas» jamoasi boş murabbiyi Frank de Bur iste'foga çiqarildi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.
Ma'lum bölişiça, jamoa rahbariyati ötgan tur oldidan De Burga sönggi imkoniyat taqdim etgandi. Jamoa qatorasiga törtinçi öyinda ham mağlub bölgaç, niderlandiyalik mutaxassis iste'foga çiqarildi.
The Daily Mail naşri tarqatgan xabarda yozilişiça, Angliya terma jamoasi sobiq boş murabbiyi Roy Hojson uning örniga tayinlangan. Hojson «Pelas» bilan 2 yillik şartnoma imzolagan.
Ma'lumot uçun, «Kristal Pelas» Angliya çempionatining joriy mavsumini 4ta mağlubiyat bilan boşladi. Jamoa bu öyinlarda birorta ham gol ura olmagan va bu borada ham öziga xos antirekord örnatdi.
Qayd etiş kerakki, Frank de Bur yozda jamoaga boş murabbiy bölgandi. U bu lavozimda 85 kun işladi.











