10 sentabr kuni Toşkent vaqti bilan keçki 21:00 atrofida Quyoşda navbatdagi juda kuçli portlaş röy berdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Fanlar akademiyasi Fizika institutiga asoslangan holda yozmoqda.
Olimlarning ma'lum qilişlariça, portlaş X tasnifiga doir bölib, unga X8.2 ball berilgan. Portlaş faolligi indeksi esa, 10 ballik tizimning 9,8 balliga teng bölgan. Ta'kidlanişiça, bu sönggi bir neça kun içida Quyoşda qayd qilingan törtinçi kuçli portlaşdir.
Yirik yulduzdagi portlaşlar ötgan hafta 4 sentabr kuni boşlangan edi. Öşanda olimlar M tasnifidagi 5 ta portlaşni qayd etişdi. Şundan 2 kun ötgaç, 6 sentabrda olimlar sönggi 12 yildagi eng kuçli portlaşni kuzatişdi. Portlaşga X9.3 ball qöyildi.
7 sentabr kuni ikkinçi kuçli portlaşga eng yuqori tasnifdagi — X faollik bahosi berildi. Olimlarning sözlariga köra, bu hodisa Quyoş tojidagi özgarişlarning qonuniy yakuni bölişi kerak edi. Ammo, 8 sentabrda X tasnifiga kiritilgan uçinçi kuçli portlaş kuzatildi.
"Quyoşdagi qimirlaş"
Olimlarning bayonot berişlariça, birinçi bor kuçli portlaş röy berganida Quyoşda seysmik tölqinlar tarqalgan. Bu fanda "quyoş qimirlaşi" deb ataladi.
Biroq, mutaxassislarning fikriça, uşbu hodisa heç qanday zarar yetkazmaydi.
"Aslida heç kim heç narsani sezmaydi", — degan RFA fazoviy tadqiqotlar instituti yetakçi xodimi Aleksey Struminskiy.












