“Irma” dovuli AQŞning Florida ştati sohillari yaqinidagi Marko oroliga yopirildi. Bu haqda AQŞning milliy meteorologik markazi ma'lum qildi.

Dovul orolga mahalliy vaqt bilan 10 sentabr soat 15.35da yetib kelgan va şimoliy yönalişda soatiga 19 km tezlik bilan harakatlanişda davom etgan. Mutaxassislarning fikriça, 4-toifadagi dovulgaça kuçaygan “Irma” yaqin soatlarda Sent-Pitersberg şahriga yopiriladi. Şundan keyin “Irma” şimolga – ştat poytaxti Tallaxassi tomon ketadi. Bu vaqtga kelib dovul kuçi 3-xavflilik darajasigaça pasayadi.  

Hukumatning prognozlariga köra, dovuldan u yoki bu tariqa 30 mln dan köproq kişi jabr körişi mumkin. Floridaning 6,3 mln lik aholisi evakuatsiya qilinişi belgilangan. 114 mingga yaqin kişi 500 ta vaqtinçalik panagohlarda joylaştirib bölingan.

AQŞ prezidenti Donald Tramp va Florida gubernatori Rik Skott Atlantika böyida yaşovçi odamlarni Tangridan madad söraşga va barçasi yaxşilik bilan tugaşiga umid qilişga çaqirdilar. Vaşingtonda Floridaga istalgan yordam körsatişga va'da berilgan. 

Mutaxassislarning fikriça, “Irma” avgust söngida Texasga yopirilgan va falokatli toşqinlarga olib kelgan “Harvi” dovulidan ham kuçliroqdir. Avvalroq Kuba va Karib havzasining bir qator orollari “Irma” zarbasiga uçradi. Bu joylarda tabiiy ofatdan 1,2 mln kişi jabr kördi. Jumladan, dovul Barbados orolidagi deyarli barça binolarni vayron qildi va Puerto-Riko aholisini elektr ta'minotisiz qoldirdi. Dovul, şuningdek, Britaniya Virginiya orollari, Sen-Marten, Sen-Bartelemi hamda Sent-Kits va Nevisda ham talofotlar keltirib çiqargan.