Dunyoning amaldagi birinçi raqamli erkak tennisçisi Rafael Nadal AQŞ oçiq çempionati finalida janubiy afrikalik Kevin Andersonni mağlub etdi. Nyu-Yorkda ötgan uçraşuv 6:3, 6:3, 6:4 hisobida ispan foydasiga hal böldi. Şu tariqa Nadal musobaqaning 2017 yilgi ğolibi böldi.
Uçraşuv 2 soat-u 27 daqiqa davom etgan. Ispan töpni öyinga kiritayotganda bir marta uni taşqariga çiqarib yuborgan, bir marta ikki karralik xatoga yöl qöygan hamda 9 ta breyk-poyntdan 4 tasini amalga oşirgan. Anderson 10 ta eys, 4 ta ikki karralik xato va birorta amalga oşirilmagan breyk-poyntga yöl qöydi.
Şu tariqa 31 yoşli Nadal “Katta dubulğa” seriyasidagi 23-musobaqasini öz foydasiga hal qilib, bu seriyada yakka tartibdagi 16-unvonini qölga kiritdi. “Tuproqli kortlar qiroli” bir marotaba Avstraliya oçiq çempionatini, 2 marta Uimbldonni, 3 marta AQŞ oçiq çempionatini va 10 marta “Rolan Garros”ni qölga kiritgan.













