AQŞ oliy sudi 11 sentabrda Gonolulu şahri (Gavayi ştati) sudining AQŞ prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmoni bajarilişiga taqiqlovining amal qilişini töxtatdi. Bu haqda sud bayonotida aytilgan. 

“Sud AQŞning Sietl şahridagi 9-okrug appelyatsiya sudi qarori bandining amal qilişini töxtatdi. Unga köra hukumatga AQŞning qoçqinlarni qabul qiliş dasturi röyxatlarida bölgan va köçirib ötkaziş masalalari bilan şuğullanuvçi idoralar rasmiy kafolatlariga ega bölgan qoçqinlarni qabul qilişni rad etiş taqiqlanardi”, deb yozgan sudya Entoni Kennedi.

Sietl appelyatsiya sudi 8 sentabrda Gonolulu şahri sudi kiritgan taqiqlovni öz kuçida qoldirgandi.

Gap qoçqinlar va Eron, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan fuqarolariga AQŞ vizalari beriş mezonlariga tegişli iş haqida ketmoqda. Oliy sudning vaqtinçalik qaroriga köra, yuqorida eslab ötilgan şaxslar AQŞda ularning yaqin qarindoşlari borligi yoki ular AQŞ bilan işçi aloqalar qöllab-quvvatlaşlarini isbotlaşlari kerak.