11 sentabr kuni soat 14:00 larda haydovçi D.Ismoilov özining «Damas» rusumli avtomaşinasini Andijon tumani Oqyor «Qöşariq» MFY hududidan ötgan 4R-130 «Andijon xalqa yöli»ning 6 kilometrida boşqarib ketayotib, rul boşqaruvini yöqotişi natijasida «Jahon savdo kompleksi» OAJ yönalişidagi osma köprikning beton tösiğiga urilib, köprikdan pastga qulab tuşgan.

Andijon viloyati IIB YHXBning KUN.UZ’ga xabar berişiça, natijada haydovçi D.I. va yölovçi A.I. ikkisi ham tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. Transport vositasiga esa jiddiy tarzda talofat yetgan.

Voqea joyiga tezkor tergov guruhi zudlik bilan yetib kelgan va ayni paytda uşbu holat böyiça dastlabki tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Foto: Andijon viloyati IIB YHXB
Foto: Andijon viloyati IIB YHXB
Foto: Andijon viloyati IIB YHXB