Bugun 12 sentabr kuni Amerikaning Apple korporatsiyasi öz qurilmalari yangi avlodining taqdimotini ötkazadi. Kompaniya an'anaga rioya qilgan holda sönggi lahzagaça ular haqidagi tafsilotlarni sir tutadi. Şunga qaramay, ekspertlar Apple birdaniga bir neçta iPhone smartfonlari, yangilangan Apple Watch soatlarini taqdim etişiga şubha bildirişmayapti.
Marosim AQŞ ğarbiy sohili vaqti bilan 10:00 (Tvb 22:00) da boşlanadi. U ilk marotaba kompaniya asosçisi Stiv Jobs nomi bilan atalgan taqdimotlar zalida bölib ötadi. U Kupertinoda yaqinda oçilgan Apple Park kampusida joylaşgan.
Oliy toifadagi yangi iPhone
Joriy yilda Apple korporatsiyasi ilk iPhone telefoni sotuvga çiqqanligining 10 yilligini nişonlaydi. Şunga köra, yuqori texnologiyalar haqida xabarlar yozuvçi aksariyat amerikalik mutaxassislar korporatsiya yubileyga sovğa hozirlayotganiga işonişmoqda.
Avvalgi iPhone 7 va iPhone 7 Plus ötgan yil sentabr oyida havola etilgan edi. Odatda Apple yangi smartfonni ikki yilda bir marta taqdim etişi e'tiborga olinsa, aslida bu yil ötgan yilgi smartfonlar biroz yangilanişini kutiş mumkin edi.
Ammo, ekspertlarga köra, Apple bu yil odatdan çekinişga qaror qilgan va iPhone 7S hamda iPhone 7S Plus smartfonlaridan taşqari oliy toifadagi yana bir smartfonni namoyiş etadi. Hozirça, uning aniq nomlanişi ma'lum emas, mutaxassislar uni iPhone 8, iPhone X va iPhone Pro kabi turliça şartli nomlar bilan ataşmoqda.
The Verge tarmoq portali ma'lumotlariga binoan, yangi telefon Apple telefonlarining eng ilğori böladi. Reuters agentligi taxminlariga köra, uning narxi 1 ming AQŞ dollaridan ortiqroq turadi. Barça uççala smartfon ham sentabr oyi oxirida AQŞda sotila boşlanadi.
Apple Watch
Tahlilçilarning yakdil fikriça, Apple bugungi taqdimot marosimida Apple Watch "aqlli" soatlarining yangilangan namunasini körsatadi. Gizmodo naşrining yozişiça, gadjyetga simsiz modem örnatilişi uni iPhone smartfoniga ulamasdan foydalaniş imkonini beradi.
Hozirda, Apple Watch yordamida telefon qönğiroqlarini amalga oşiriş, qisqa xabarlar yuboriş yoki musiqa eşitiş uçun yonida smartfon olib yurişi şart. Endilikda, Apple bu borada xaridorlarga erkinlik taqdim etmoqçi.
Apple TV ham navbatda, ammo bu safar planşetlarsiz












