Turinning «Yuventus» klubi va Argentina terma jamoasi hujumçisi Paulo Dibalaning ma'lum qilişiça, u «Barselona» forvardi, argentinalik Lionel Messi bilan bir jamoada öynaşga qiynalmoqda, sababi har ikki futbolçi bir pozitsiyada öynaydi.

«Messi mening pozitsiyamda öynaydi, hamda men undan köp narsani örganişim mumkin. Masalan, öyinni tuşuniş, futbol intellekti va u maydonda jamoadagi şeriklari qanday harakatlanişi körişi borasida köp narsani örgana olaman. Kelajakda bularning bari menga katta foyda beradi. Albatta, şunday futbolçilar bilan öynaş katta omad. Biroq menga Messi bilan bir klubda öynaş qiyin, sababi har ikkimiz bir pozitsiyada töp suramiz. Nima bölgan taqdirda ham, men unga moslaşişim kerak, hamda Leo maydonda özini qulay his etişi uçun harakat qilişim zarur», - deya Dibalaning sözlarini keltiradi Marca.

Eslatib ötamiz, «Barselona» hamda «Yuventus» örtasidagi YeÇL guruh bosqiçining birinçi turi doirasida bölib ötadigan bahs Kataloniya poytaxtida bugun ötkaziladi.