Ispaniyaning ma'lumotlarni himoya qiliş böyiça boşqarmasi Facebook ijtimoiy tarmoğiga 1,2 mln yevro jarima soldi. Bunga ijtimoiy tarmoqning yetarli darajada ogohlantirmasdan foydalanuvçilar haqida ma'lumotlar töplagani sabab qilib körsatilmoqda, deb yozadi The Telegraph. 

Ispaniya hukumati ötkazgan suriştiruv natijalariga köra, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilar ma'lumotlarini, ulardan qanday foydalanişini bildirmasdan töplagan. Boşqaruv idorasiga köra, Facebook bu axborotlardan reklamani yönaltirişda foydalangan. Hukumatning aniqlaşiça, Facebook ğoyaviy, jinsiy, diniy mansublik, foydalanuvçilarning harakatlariga oid ma'lumotlarni töplaydi. Suriştiruv çoğida bir neçta qonun buzilişlari aniqlandi. 

Natijada kompaniyaga 2 holat uçun 300 ming yevro, yana bir holatda 600 ming yevro jarima yozildi. Bundan taşqari, Facebook röyxatdan ötmagan foydalanuvçilarni ham kuzatgan. Şu bilan birga, kompaniya sahifasini öçirgan foydalanuvçilar haqidagi axborotlarni saqlaş muddatlarini ham buzgan.