Italiyada muzqaymoqçilarning Gelato World Tour tanloviga yakun yasaldi. Tanlov natijalari 11 sentabrda tanlov taşkiliy qömitasining tvitterdagi sahifasida çop etildi.
Tanlovda 1-örinni xandon pistali muzqaymoq tayyorlagan italiyalik Alessandro Krispini egalladi. U muzqaymoqni tayyorlaşda Sitsiliyada yetiştiriluvçi xandon pistaning uç xil navidan foydalangan.
2-örin esa Germaniyada yaşovçi Gido va Luka de Rokkoga nasib etdi. Ular hakamlar hay'atiga karamellaştirilgan yonğoqli uzum sorbeti taqdim qilişdi.
Hammasi bölib tanlovda saralaş bosqiçlarining ğoliblari bölgan, 19 ta davlatdan 36 nafar muzqaymoqçi iştirok etdi. Tanlov finali Rimini şahrida 8-10 sentabr kunlari bölib ötgan.












