Vazirlar Mahkamasining 28.08.2017 yildagi 678-son qarori bilan “Özbekkonsert” DM markaziy apparatining tuzilmasi, uning mintaqaviy bölimlarining namunaviy tuzilmasi hamda davlat muassasasining ustavi tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bergan.
 
Özbekkonsertning asosiy vazifalari belgilandi:
 
•  mamlakatimizda konsert-tomoşa va gastrol faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini yuritiş;
•  konsert-tomoşa va gastrol faoliyatini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş;
•  yoş va iqtidorli ijroçilarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaş, badiiy yuksak musiqa asarlari, qöşiqlar va videokliplarning yaratişni ta'minlaş va rağbatlantiriş;
•  milliy raqs va xoreografiya, opera san'ati, ansambl va orkestrlarning özbek milliy madaniyati taraqqiyotidagi örnini yanada oşiriş, ularning ğoyaviy-badiiy yönalişlarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uyğunlikda rivojlantiriş;
•  mamlakatimiz hududida va uning taşqarisida gastrol-konsert faoliyatini taşkil etiş va muvofiqlaştiriş.
 
Ilgari "Özbeknavo" estrada birlaşmasi tomonidan berilgan konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiriş huquqiga litsenziyalar va konsert-tomoşa tadbiriga bir martalik ruxsatnomalar tegişli ravişda uşbu litsenziyalar va ruxsatnomalar berilgan muddatgaça amal qiladi va qayta rasmiylaştirilişi talab etilmaydi.
 
Eslatib ötamiz, "Özbeknavo" estrada birlaşmasi va “Özbekraqs” milliy raqs birlaşmasi “Özbekkonsert” DMga qayta taşkil etildi.