Mercedes-Benz ikkita yangi yöltanlamas işlab çiqaradi. Gap ixçam GLB va örta ölçamdagi GLG krossoverlari haqida ketmoqda. 

Mercedes-Benz GLB krossoveri haqida ma'lumot internetda bir neça yildan beri yurgan bölsa-da, u bozorga 2019 yilda çiqarilişi rejalaştirilayotgani endigina ma'lum böldi. AutoBild naşrining ma'lum qilişiça, model keyingi avloddagi GLA negizida yaratiladi, biroq “töğri törtburçak körinişidagi” dizayn, tagi himoyasi va kattalaştirilgan klirens oladi. 

Foto:autobild.de

Ma'lum qilinişiça, yangi maşina uzunligi 4,55 metr böladi, bu esa Mercedes-Benz GLA’nikidan 12 sm uzunroqdir. GLB öz sinfidagi maşinalar orasida eng katta yukxonalardan biriga ega böladi. Maşina yöltanlamasga xos körinişga ega bölişiga qaramay, uning standart versiyasi oldi privodli böladi. Şu bilan birga kompaniya avtomobilning yöltanlamaslik körsatkiçlarini kuçaytiruvçi off-roud paketini taklif qilişi kutilmoqda.

Maşinaning dvigatellari orasida 252 ot kuçiga ega dvigatel böladi. Şuningdek, 300 va 450 ot kuçiga ega dvigatellar bölişi ham kutilmoqda. Şuningdek, maşina gibrid va elektr dvigatellarga ega bölişi haqida gaplar yuribdi.

Foto:autobild.de

Ma'lumotlarga köra, Mercedes-Benz yana bitta yöltanlamas – GLG modelini işlab çiqariş istiqbollarini körib çiqmoqda. Model ölçamlari böyiça keyingi avloddagi GLE’nikiga yaqin böladi, biroq G-Class uslubidagi körinişda yaratiladi. 

Şuningdek, Mercedes-Benz’ning yana bir yangi modeli kiçik ölçamli A-Class sedani böladi. Bu modelning ilk namoyişi bir neça kundan keyin Frankfurt avtosalonida bölib ötadi.