Peru Şimoliy Koreya elçisini persona non grata deb e'lon qildi va unga mamlakatni 5 kun içida tark etişni buyurdi, deb xabar bermoqda Peru taşqi işlar vazirligi.
Bundan bir neça kun avval Meksika Şimoliy Koreya elçisini nomaqbul şaxs deb e'lon qilgandi. Şundan keyin butun Amerika qit'asida şimoliy koreyalik elçilar faqatgina Braziliya va Kubada qolmoqdalar.
“Peru hukumati Şimoliy Koreya elçisi janob Kim Xak Çxolni persona non grata deb e'lon qildi va unga Peru hududini eng köpi bilan 5 kunda tark etişni buyurdi”, deyilgan xabarda.
Ma'lum qilinişiça, uşbu qaror Şimoliy Koreya tomondan BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalarining bir neça bor qöpol buzilişi, xalqaro hamjamiyatning majburiyatlarni bajariş, xalqaro huquqni hurmat qiliş va yadro dasturini töxtatiş çaqiriqlarining inkor etilişi sababli qabul qilingan.
Peru fikriça, Şimoliy Koreya siyosati “xalqaro tinçlik va xavfsizlikka, şimoli-şarqiy Osiyo va butun dunyodagi barqarorlikka jiddiy xavf soladi”.












