Singapurda ötkazilişi rejalaştirilgan prezidentlik saylovida öz nomzodini ilgari surayotgan Halima Yoqubga raqobatçi hali topilgani yöq. Agar mazkur vaziyat ertagaça, 13 sentabrgaça özgarmay qolsa, şu kunning özida yangi prezident nomi ma'lum böladi.

Vestminister tizimida siyosiy faoliyatni amalga oşiruvçi Singapurda ilk zamonaviy saylovlar 1993 yilda ötkazilgandi. Mamlakat prezidentligiga nomzodlar qattiq nazorat ostida va uzoq davom etuvçi jarayon orqali aniqlanadi. Odatda Singapur hayotida muqobil tanlov tamoyili bilan prezidentlik saylovi taşkil etilmaydi. Şuning uçun bitta nomzodning nomi ilgari surilişi oddiy holat hisoblanadi.

Mamlakat prezident amalda katta vakolatlarga ega bölmaydi, çunki de fakto hokimiyat boş vazir qölida jamlanadi. Prezident qonun amaliyotida veto huquqiga ega.

Hozirgi saylov 23 sentabr kuni ötkazilişi va şu kunda ğolib e'lon qilinişi kerak, ammo nomzod faqat bitta bölsa, jarayon tezlaşib ketişi mumkin.