Tursunzoda şahrida Tojikiston Mustaqillik kuniga bağişlangan tantanali tadbirlarda Surxondaryo viloyati hokimi örinbosari Rözimurod Çoriyev boşçiligidagi delegatsiya ham iştirok etdi. Bu haqda News.tj xabar bermoqda.

Mehmonlar şaharning iqtisodiy va madaniy yutuqlari bilan tanişişdi, sönggi yillarda qurilgan obektlarga yuqori baho berişgan.

Tursunzoda raisi Sujouddin Salomzodaning öz nutqida ta'kidlaşiça, sönggi yarim yil davomida mahalliy tadbirkorlar taşabbusi bilan qiymati 48 mln somoniydan ortiq bölgan xalq xöjaligi obektlari qurildi, yuzlab kişilar iş örinlari bilan ta'minlandi. 

Foto: Asia-Plus

Özbekistonlik mehmonlar, jumladan, Sariosiyo tumani hokimi, Surxondaryo viloyatining mansabdor şaxslari, tadbirkorlar konsert dasturini tomoşa qilişdi hamda Hissor qörğoniga taşrif buyurişdi.

Foto: Asia-Plus

Özbekistonlik mehmonlarning Tojikistonga kelişi javob taşrifi böldi. Bir hafta avval Tursunzoda ijro hokimiyati vakillari Termizda Özbekiston mustaqilligiga bağişlangan tadbirlarda iştirok etişgandi.