Ukraina qurolli kuçlarining deyarli barça harbiy-havo qismlari harbiy şaylik holatiga keltirildi, deb xabar qilmoqda Ukraina QK Boş ştabi matbuot xizmati.
"Belgilangan topşiriqlarni bajarişga doir harbiy şaylikni aniqlaş masalasiga oydinlik kiritiş maqsadida Ukraina QK havo kuçlarining barça jangovar harbiy qismlari harbiy şaylikka keltirildi", - deyiladi xabarda.
Hozirda Ukrainada qator harbiy maşğulotlar bölib ötmoqda. Avvalroq, mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati Ukraina QKning "Yengib bölmas barqarorlik - 2017" qömondonlik öquv maşqlari boşlangani haqida xabar qilgan edi.
"15 sentabrgaça qöşinlar va operativ zaxiralarni jalb qilgan holda qator öquv maşğulotlari ötkaziladi. Ularning asosiysi "Yengib bölmas barqarorlik - 2017" böladi", - deyiladi xabarda.
11 sentabrda Lvov viloyatida "Rapid Trident-2017" maşğulotlariga start berilgandi.












