Oq uyning strategik masalalar böyiça sobiq maslahatçisi Stiv Bennonning South China Morning Post gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, AQŞ va Xitoy örtasidagi savdo uruşiga yöl qöymaslikning iloji bor.
«Mening fikrimça, biz har ikki davlatga ziyon keltiruvçi savdo uruşini çetlab ötişimiz mumkin. Biz qandaydir yöl bilan kelişib olişimiz darkor», - dedi Honkongdagi investitsion forumga taşrif buyurgan Bennon.
Uning ta'kidlaşiça, AQŞ Xitoy tomonidan intellektual huquqlarning ehtimoliy buzilişi işi böyiça tergov natijalarini Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp Pekinga taşrif buyurişidan avval e'lon qiladi. Taşrif esa noyabr oyiga rejalaştirilgan.
Avvalroq Tramp kuz oxiriga qadar Xitoyga taşrif buyurişi xabar berilgandi.












