iPhone X taqdimot marosimi vaqtida qurilmada Face ID yuzni farqlaş funksiyasi işlamadi.
Qurilma kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Federini tomonidan taqdim etildi. U Face ID funksiyasini iş jarayonida körsatmoqçi bölganida, ekranda quyidagi xabar paydo bölgan: «Face ID’ni oçiş uçun raqamli maxfiy sözni kiriting».
Federini yana bir muvaffaqiyatsiz urinişdan söng zaxiradagi qurilmani qöliga olgan, u esa vitse-prezidentni «tanidi» hamda tezlik bilan oçildi.
Avvalroq Apple kompaniyasi iPhone 8 smartfonini taqdim etgani xabar qilingandi.












