Rossiya va AQŞ örtasidagi nizo jahon hamjamiyatiga kerak emas. Bu haqda BMT boş kotibi Antoniu Guterreş ma'lum qildi.

«Jahon AQŞ va Rossiya kabi katta, kuçli hamda muhim mamlakatlar özaro nizoga kirişişlariga yöl qöyişi kerak emas», - deya Guterreşning sözlarini keltiradi RIA Novosti.

Uning sözlariga köra, hozirgi paytda Moskva hamda Vaşington örtasidagi munosabatlar «murakkab» bölib, köplab muammolarga ega.

«Biroq, men şunga işonamanki, jahondagi tinçlik va xavfsizlik köp jihatdan şu ikki davlat imkoniyatlariga boğliqdir, ular özaro samarali muloqotda bölişi va hamda qator sohalarda özaro tuşunişga erişişi kerak», - deya aniqlik kiritdi BMT boş kotibi.

Avvalroq Buzzfeed portali Putin Trampga munosabatlarni yaxşilaş böyiça taklif bilan çiqqani haqida xabar bergandi.