AQŞ sobiq davlat kotibi va mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klintonning ma'lum qilişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin undan «qasos oliş niyatida» bölgan. Bunga uning turmuş örtoği, AQŞ sobiq prezidenti Bill Klintonning siyosati sababçidir. Bu haqda sobiq davlat kotibi USA Today’ga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Men aniq bilamanki, Putin men mağlub bölişim hamda Tramp ğalaba qozonişini xohlagan. Işonçim komilki, Tramp va uning rus pullari örtasidagi moliyaviy aloqalarda tuşunarsiz holat bor. Trampning saylovoldi ştabi va uning boşqa yordamçilari ruslar bilan aloqalari bor ekanini yaşiriş uçun juda köp işlaşgan», - dedi Klinton.
Uning sözlariga köra, Putin şarqiy Yevropa davlatlari NATOga kirgaç, «qasos olişni» boşlagan.
Avvalroq Hillari Klinton prezidentlik lavozimi uçun öz nomzodini boşqa ilgari suriş niyatida emasligini ma'lum qilgandi.












