Xitoylik sarmoyaçilar jalb qilinişi evaziga qayta tiklangan Borgward nemis markasi Frankfurtdagi motorşouda Isabella prototipini namoyiş qildi. Kontsept-karning uzunligi roppa-rosa 5 metrni, eni 1,92 metrni, balandligi 1,.4 metrni taşkil qiladi.
4 örindiqli prototip ham oldidan, ham orqasidan suriluvçi eşiklar bilan jihozlangan. Bundan taşqari, maşina kuzovining markaziy tayançi yöq.

Kontsept-kar umumiy quvvati 300 ot kuçini taşkil qiluvçi bir juft elektr dvigatellar yordamida harakatga keltiriladi. Maşina joyidan 100 km/soat tezlikka 4,5 soniyada erişadi. Modelning maksimal tezligi esa soatiga 250 km ni taşkil qiladi.
Maşina elektr dvigatellari nemis kompaniyasi va LG Electronics kompaniyasi birgalikda yaratgan batareyadan quvvatlanadi. Ma'lum qilinişiça, akkumulyatorni maxsus quvvatlaş qurilmasi yordamida yarim soat içida 80 foizga tölğaziş mumkin. Bundan taşqari, maşina simsiz quvvatlaniş tizimini olgan.

Borgward’da aytilişiça, kompaniya oldida maşinaga bir quvvatlanişda 500 km yöl bosişga imkon beruvçi platformani yaratiş vazifasi turibdi.
“Izabella” salonida 4 alohida örindiq joylaştirilgan. Maşina butun peşoyna ölçamidagi raqamli panel bilan ta'minlangan. Bu panel ekranida avtomobilning turli tizimlari işiga javob beruvçi gologrammalar aks etadi.

Kompaniya maşinani seriyali tarzda işlab çiqarişi rejasi borligi haqida heç narsa ma'lum qilmagan.

















