Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Şoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putin topşiriği bilan 12 sentabrda Suriya poytaxti Damaşqqa işçi safar uyuştirib, Suriya yetakçisi Başar Asad bilan muzokaralar ötkazdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
“Uçraşuv davomida Suriya hukumat qöşinlarining Rossiya kömagida IŞIDni yakson qilişni yakunlaş böyiça muvaffaqiyatli harakatlari kontekstida harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi”, deb ma'lum qilindi xabarda.
Bundan taşqari, Şoygu va Asad Suriyadagi vaziyatni barqarorlaştiriş, deeskalatsiya hududlarining işlaşi va aholiga gumanitar yordam beriş kabi mavzularga töxtab ötganlar.











