Germaniyaning Leyptsig şahrida olimpiya sport turlari oilasiga mansub karate böyiça nufuzli Premer-Liga musobaqalarining yakuniy bosqiçi bölib ötdi. Karateda Premer-Liga musobaqasi Jahon Kubogining analogi hisoblanib, 5ta bosqiçdan iborat böladi. Bu yil uşbu bahslarga Parij (Fransiya), Rotterdam (Gollandiya), Dubay (BAA), Rabat (Marokaş) va Leyptsig (Germaniya) şaharlari mezbonlik qildi.
Jami 10ta vazn (5ta erkaklar, 5ta ayollar) toifasida ötkazilgan Premer-Liganing yakka va jamoaviy kumite bahslarida 18 yoşdan katta sportçilar tatamiga çiqişdi. Uşbu musobaqalar tizimi sportçilarga Tokio-2020 Olimpiadasiga muhim reyting oçkolarini berişi bilan ahamiyatli edi.
Olamsport.com naşrining xabar berişiça, hamyurtimiz, Osiyo çempioni Sadriddin Saymatov ana şu Premer-liga musobaqalarining 4tasida ğalaba qozonib, oltin medalni qölga kiritdi. Aynan mana şu natijasi evaziga Sadriddin Saymatov haqli ravişda yilning eng yaxşi karateçisi deb topildi.

Leyptsigdagi yakuniy bosqiçda 87ta davlatdan jami 1384 nafar sportçi iştirok etdi. Bu uşbu musobaqalar uçun rekord körsatkiç hisoblanadi.. Hamyurtlarimizdan talabalar örtasida jahon çempionati bronza medali sovrindori bölgan Dostonbek Otabolayev finalgaça mağlubiyatsiz yetib borib, kumuş medal bilan taqdirlandi.
U musobaqada 7ta jang ötkazib, ularning oltitasida ğalaba qozondi. Finalgaça italiyalik Rabii Jyendubini 6:4, belgiyalik Sam Plompenani 2:0, Osiyo çempioni qozoğistonlik Yermek Aynazarovni 1:0, yaponiyalik Yuta Morini 4:2, jahon va Yevropa çempionatlari sovrindori germaniyalik Noa Bitsşa hamda turkiyalik Fotix Senni hakamlar qaroriga köra mağlub etdi. Finalda esa Otabolayev karate afsonasi, bir neça karra jahon va Yevropa çempioni italiyalik Luiji Busaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, kumuş medal bilan kifoyalandi.
Musobaqada ikki sportçi bilan iştirok etgan terma jamoamiz yakunda Qozoğiston (25 nafar qatnaşçi), Eron (19), Angliya (23), Fransiya (82), Polşa (31) kabi jamoalarni ortda qoldirib, 13-örinni egalladi.












