Bugun tibbiyot xodimini besabab kaltaklab, istaganiça haqorat qilgan oila kun mavzusiga aylandi. Ijtimoiy tarmoqqa joylaştirilgan audioyozuvda şifokorga nisbatan hayvonlarça munosabat qilinganiga guvoh böliş mumkin. Kun.uz jurnalisti voqeani batafsil örganiş uçun joylarda böldi.

Bu holatni qanday tasvirlaşga ham hayronman: 24 soatlik tanaffussiz iş faoliyati davomida şifokor har bir vaziyatga şay turişi lozim. U belgilangan vaqtda tuşlik qilib, uxlab, hordiq çiqarib, hayotdan bahramand bölmaydi. Har ikki kunidan birida ana şunday tartib asnosida insonning hayotini yaxşilaş, uning soğliğini tiklaşni oldiga maqsad qilib, har tong işga otlangan şifokor oy yakuniga köra 800 ming söm atrofida maoş oladi, undan 700 ming söm mablağ naqd yoki plastik kartadagi pul körinişida qöliga yetib keladi. Bu şoşilinç tez tibbiy yordam xizmatida mehnat qiladigan şifokorning oddiy hayotidan bir bölak, feldşer maqomida, tabiiyki, daromad yana kamayib boradi.

10 sentabr kuni xizmat vazifasini bajarib turgan Mirzo Uluğbek tumani 5-bölim Tez tibbiy yordam bölimi şifokori Zafar Qayumov navbatdagi çaqiruv orqali uşbu tumandagi Qora-su 4-mavzesi 1-uy, 9-xonadonga yöl oldi. Unga hamkorlik qilgan feldşer Timur Hikmatovga esa har ehtimolga qarşi uyali aloqa diktofonini yoqib qöyişini tayinlaydi. Buning sababini quyida anglab olasiz. Qayumovning aytişiça, sahar soat 5:20 lar atrofida xonadonga kirib kelgaç, çaqiruvga sabab bölgan bemor bola uyquda ekanini aniqlaydi. Şunga qaramay, unga yaqinlaşib, öpkasini eşitişni boşlaydi. Mutaxassisning fikriça, har qanday pediatr bolaning ahvolini anglaş uçun bu oddiy amaliyotni bajaradi. Audioyozuvni tinglab tuşuniş mumkinki, bolaning oğiz böşliğini körib, unga taşxis qöyişga kirişgan şifokorga bemorning otasi Abdumalik Karimov taşlanib qoladi.

«Sen bolamga qaramoqçi emassan, bilmaysan davolaşni» qabilidagi iddaolar bilan Zafarning öng köziga muşt tuşirdi. Gandiraklab yerga qulagan savlat borib tibbiy qutiga urildi. Özining ahvoli noçorligiga qaramay, bemorga beğaraz yordam körsatmoqçi bölayotgan şifokor xonadon egalarining ming malomat va sökinişlari ostida işini davom ettirgan. Dağdağa va behayo sözlarga parvo qilmay, menga işlaş uçun imkoniyat berasizmi, deb yalinişni boşlaydi...

Açinarli holat eşitilib turgan audiyozuvni tinglaşga ortiq kuç qolmadi.

Iş qurollarimni olib mustaqil suriştiruv ötkaziş uçun Zafar Qayumov işlagan maskanga taşrif buyurganimda, uning bir neça hamkasblari, xususan, rahbari Şerzod Röziyev «qöy oğzidan çöp olmagan, bilimli şifokorlaridan biri» haqida gapirib berdi. Qiziği, 5-bölim Tez tibbiy yordam bölimi şifokorlari Boltayev Zafar, Mamasiddiqov Soat, feldşer Boymakov Ğayratning boşiga aynan şunday kunni tuşirgan A.Karimov heç nima tap-tortmay yana bir şifokorni döpposlagan. Uning avvalgi qilmişlari jiddiy körib çiqilmagan şekilli, kelgusida ham bu işni davom ettirdi. Aynan Zafar Qayumovning özi şunday holatga avgust oyining boşida tuşgani uçun diktofonni yoqib olgan bölib çiqdi. Xonadon egalari bir neça marta «portal» orqali şikoyat yöllab, şifokorlarni bir neçta masalada ayblagan.