AQSh prezidenti Donald Tramp shu yilning noyabr oyida Xitoyga rasmiy tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda Bloomberg agentligi vaziyatdan xabardor manbalariga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Reuters agentligi esa bu ma'lumotni Oq uydan tasdiqlatib ololmadi.

XXR raisi Si Jinping shu yil aprelida AQShga amalga oshirgan tashrifi vaqtida amerikaliklar prezidentini Xitoyga taklif etgandi.

Bloomberg xabarida qayd etilishicha, o‘shanda Tramp Xitoy rahbarini iliq qabul qilgan, ammo ko‘p vaqt o‘tmasdan rasmiy Pekin siyosatini tanqid qilishni boshlab yuborgandi.