AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşingtonda qurilişi rejalaştirilayotgan Zafar arkasi harbiy baza vazifasini ham bajarişi mumkinligini bildirdi.
Tramp 20-sentabr kuni Truth Social tarmoğida eʼlon qilgan bayonotida inşootda köp miqdorda dronlarni saqlaş va zarurat tuğilganda ularni tezkorlik bilan işga tuşiriş imkoni bölişini aytdi.
Prezidentning rejasiga köra, majmuada snayperlar joylaştirilişi va ular uçun katta hajmdagi öq-dorilar saqlanişi ham mumkin. Tramp bunday obyekt dunyoning boşqa heç bir joyida bölmasligini taʼkidladi.
Dastlab mazkur inşoot AQŞ poytaxtining yangi turistik diqqatga sazovor joyi sifatida taqdim etilgan edi. Loyihaga köra, arkaning tom qismida Vaşington manzarasini tomoşa qiliş uçun kuzatuv maydonçasi barpo etilişi kerak edi.
Biroq Tramp endi obyektda dronlar va snayperlarni joylaştiriş rejasini ham ilgari surmoqda. Prezident bu ğoya harbiylarning iltimosi va milliy xavfsizlik masalalari bilan boğliq ekanini aytdi. U rejaning harbiy va texnik tafsilotlarini oçiqlamadi.
Şuningdek, inşoot vazifasining özgarişi yangi ruxsatnomalar olişni talab qiladimi yoki yöqmi - hozirça nomaʼlum.
Parijdagi arkadan baland böladi
Avvalgi rejalarga köra, Vaşingtondagi Zafar arkasining balandligi 76 metrdan oşişi kerak. Bu 1836-yilda qurilgan va balandligi qariyb 50 metr bölgan Parij Zafar arkasidan ança baland böladi.
Yangi inşoot Kolumbiya federal okrugining çekka qismida, Arlington memorial köprigi orqali Linkoln memorialiga olib boruvçi aylanma yöl hududida qurilişi rejalaştirilgan.
Tramp avvalroq bu yerda dunyodagi eng katta va eng çiroyli Zafar arkasini barpo etiş istagini bildirgan edi.
Loyihaning aniq qiymati va uni moliyalaştiriş manbalari hozirça maʼlum emas. AQŞ ommaviy axborot vositalari keltirgan dastlabki baholarga köra, quriliş 100 million dollardan 250 million dollargaça mablağ talab qilişi mumkin.
Inşootni harbiy maqsadlarga moslaştiriş esa loyiha qiymatini yanada oşirişi ehtimol qilinmoqda.
Aeroport yaqinida dronlar bazasi

















