Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uçraşişni rejalaştirayotganini maʼlum qildi. U bu haqda 20-sentabr, yakşanba kuni AQŞ prezidenti bilan telefon orqali muloqotidan keyin Telegram kanalida yozdi.
Zelenskiyning sözlariga köra, ikki mamlakat rahbarlari Nyu-Yorkda şaxsan uçraşişga kelişib olgan. Ukraina prezidenti bu muzokara tinçlik jarayoni nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etişi va «köp narsani özgartirişi mumkin»ligini taʼkidladi.
Biroq Zelenskiy uçraşuv aynan qaysi kuni ötkazilişini oçiqlamadi. Donald Tramp ham xabar eʼlon qilingan vaqtga qadar Nyu-Yorkda Ukraina prezidenti bilan uçraşiş rejasini rasman tasdiqlamagan.
Telefon muloqoti davomida Zelenskiy AQŞ prezidentining maxsus vakillari Stiven Uitkoff va Jared Kuşnerning Kiyevga yaqinda amalga oşirgan taşrifi uçun Trampga minnatdorlik bildirgan.
Ukraina prezidentining aytişiça, Amerika vakillari bilan uçraşuvda muhim masalalar batafsil muhokama qilingan va ular Ukrainadagi vaziyatni bevosita köriş imkoniga ega bölgan.
Zelenskiy Ukrainadagi uruşni tinç yöl bilan tugatiş böyiça muzokaralar Kiyev uçun birinçi darajali ustuvor yönaliş ekanini taʼkidladi.
Şuningdek, Ukraina rahbari Rossiyaga nisbatan sanksiya bosimini kuçaytiriş imkonini beruvçi «Lindsi Grem qonuni»ni imzolagani uçun Trampga minnatdorlik bildirdi.
Zelenskiyning maʼlum qilişiça, Kiyevda vaziyatni yumşatiş va xavfsizlikning asosiy masalalari böyiça bir qator takliflar mavjud. Ular energetika va oziq-ovqat xavfsizligi hamda insonlar hayotini himoya qilişga doir çoralarni qamrab oladi.
«Biz Amerika jamoasi bilan birgalikda işlayapmiz va haqiqatan ham jiddiy qadamlar taşlaşga tayyormiz», - dedi Ukraina prezidenti.
Uitkoff va Kuşner 6-sentabr kuni Kiyevda Zelenskiy bilan uçraşgan edi. Bu Donald Trampning ikkinçi prezidentlik muddati boşlanganidan keyin uning maxsus vakillarining Ukrainaga ilk taşrifi böldi.
Amerika vakillari Kiyevga kelişidan bir kun oldin, 5-sentabrda Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uç soatlik muzokara ötkazgan.
Kiyevdagi uçraşuvdan keyin Zelenskiy Axios naşriga Amerika tomoni yetkazgan asosiy xabar «Rossiya muzokaralarga tayyor» ekanidan iborat bölganini aytgan edi.

















