AQŞ prezidenti Donald Tramp şu kuzda Osiyo davlatlari böylab turnega jönaydi. Bu haqda Oq uyda ma'lum qilingan.
Tramp Osiyoga ilk safari vaqtida Filippinda bölib ötadigan Şarqiy Osiyo va AQŞ-ASeAN sammiti hamda Vetnamda bölib ötadigan Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorlik sammitiga taşrif buyuradi. Bu sammitlar noyabrda bölib ötadi. Avvalroq Tramp Xitoyga safar uyuştirmoqçi ekanligi ma'lum qilingandi. Tramp matbuot xizmatida bu ma'lumotga izoh berilmagan.
Si Tszinpin aprelda Trampni Xitoyga kelişga taklif qilgandi. Trampning qizi va kuyovi Ivanka Tramp va Jared Kuşner Xitoyga yil oxirigaça borişga va'da berişgan. AQŞ matbuotida ularning Xitoyga safaridan maqsad Trampning Xitoyga safariga tayyorgarlik qay yösinda ketayotganini aniqlaş bölgan.












