Forbes jurnali versiyasiga köra, Xitoyning eng badavlat kişisi hisoblangan Jyek Ma özi tomonidan asos solingan Alibaba kompaniyasining 18 yilligi şarafiga taşkil qilingan keçada iştirok etdi. Ma 40 mingga yaqin kişini yiğgan tadbir sahnasiga Maykl Jyeksonning Dangerous World Tour turidagi kiyimini yodga soluvçi kostyumda çiqqan.

Maykl Jyekson Dangerous World Tour'da

Jyek Ma Alibaba'ning 18 yilligida
Jyek Ma sahnada mototsiklda va niqobda paydo böldi. Bir neça raqs harakatlaridan keyin u sahnaga kompaniya xodimlarini taklif qildi va sahnani mototsiklda havoga kötarilgança tark etdi. Sahna körinişlarida sehr elementlaridan foydalanilgan.
Weibo'dagi onlayn-traslyatsiyani tomoşa qilayotganlardan biri sahna körinişlarini "yaxşi uriniş" deya baholasa, boşqasi "Men Alibaba'ga rezyume yöllayman" dedi.











