Nima uçun Apple korporatsiyasi öz yangi smartfoni uçun katta mablağ talab qilişga haqli va nima uçun ularni qölga kiritadi ham? Bloomberg kolumnisti Şira Ovayd şu haqidagi fikr-mulohazalari bilan bölişdi. 

Hozir köpçilik iPhone uçun 1000 dollar yoki undan ham köp pul bermayman deb öylayotgandir. Keling, şu fikrga olti oydan keyin, dökondan qölingizda yangi iPhone X, Samsung Note yoki "narx çegarasi"dan ötgan boşqa bir smartfon bilan çiqqaningizda qaytamiz. 

Ha, aksariyat iste'molçilar bunday narxdan taassufda, biroq yangi iPhone'ga kelganda bu ança oqilona narx strategiyasi. Hatto kompaniya mahsulotiga talab unça katta bölmagan paytlarda ham, aynan şu qurilma Apple korporatsiyasining gullab-yaşnaşiga yordam bermoqda. Apple ştab-kvartirasida mazkur strategiya ustida işlagan kişilar - statistiklar, marketologlar, yana kim bölmasin, - bilib qöying: sizlar dahosiz. Afsuski, sizning mehnatingizni hamma ham qadriga yetavermaydi. 

Hamma 1000 dollarlik narxdan hayratlanayotgan bir paytda men qanday qilib yangi qurilmalar Apple'ga boşqa "narx çegarasi"ni oşib ötişga yordam berayotganini kuzataman: bir iPhone uçun örtaça daromad körsatkiçi 700 dollar. Bu birinçi navbatda aynan ultra-premium iPhone X tufayli - va qolgan yangi modellarga oldindan öylangan narxlarni ehtiyotkorlik bilan oşiriş natijasida röy beradi.

Bloomberğning hisob-kitoblariga köra, Apple 2009 yildan beri sotilgan har bir iPhone'dan barqaror ravişda örtaça 600-700 dollar foyda olib kelmoqda. Kompaniyaning özida yoki dunyoda nimalar sodir bölayotganidan qat'i nazar, Apple'ning har bir  iPhone'dan oladigan daromadi şu diapazonga boğliqligiça qoladi. Tahlilçilar 2018 yilning sentabrida tugallanadigan moliyaviy yilda bu körsatkiç 697 dollarga yetişini kutişmoqda. Bundan yuqori ösiş kompaniya uçun yoqimli sovğa böladi. 

Ha, iPhone'ning örtaça narxi 2015 yilning dekabrida erişilgan avjidan ança past, lekin sönggi vaqtlarda Apple daromad körsatkiçlariga bilvosita ta'sir körsatişning yöllarini muvaffaqiyatli topib kelmoqda. 

2016 yilda nisbatan yirik Plus smartfonlar seriyasini taqdim etib, Apple boşlanğiç narxga 20 dollarça qöşdi. Tahlilçilarning baholariga köra, ötgan yili iPhone Plus qurilmalarini tanlagan xaridorlar uluşi xuddi şu modelning avvalgi versiyasini tanlaganlar uluşidan oşib ketdi. 

Apple şuningdek qöşimça korpus ranglarini kiritdi, buning uçun esa xaridorlar yana 100 dollar qöşişiga töğri keladi. Kompaniya ötgan yilga nisbatan atigi 2,2 foizga köp smartfon sotgan bölsa ham, örtaça narxning barqaror ösişi tufayli şu oy tugaydigan 2017 moliyaviy yilning ilk töqqiz oyida iPhone sotuvlaridan tuşgan daromad 3,6 foizga ösdi. Mana, örtaça narxning asta-sekin, lekin barqaror ösişi natijasida nimalarga erişiş mumkin - sizning Apple kölamidagi biznesingiz bölsa, albatta.