Marğilonda «Atlas bayrami» milliy matolar festivali bölib ötmoqda. Turizm kompaniyalari vakillarining sözlariga köra, bu yil 120dan ziyod sayyohlar mazkur festivalni köriş, hunarmandlarning maxsulotlaridan sotib oliş maqsadida şaharga taşrif buyurişi kutilmoqda.
Sayyohlarni jalb etgan yana bir voqeilik 23 yoşli oşpaz öz tengdoşlari örtasida şaxsiy rekordini örnatiş maqsadida 2 tonnalik oş pişirişga tayyorlanmoqda. Bu işda unga 20 nafarga yaqin havaskor oşpazlar yordamçilik qilişadi. Palovni tayyorlaş uçun Marğilon şahri hokimligi tomonidan katta öçoq tayyorlandi, şuningdek, oşpaz özining şaxsiy rekordi uçun maxsus qozon ham tayyorlatgan. Festivalga 60dan ziyod xorijiy hamkorlar taşrif buyuradi.

Oşpaz Muhammadali Hayitboyev tomonidan tayyorlanadigan oşni totib köriş hamda unga baho beriş, oşni tarozi orqali tortib köriş uçun ham xorijlik ekspertlar ma'sul etib tayinlangan.

Marğilondagi 2 tonnalik oşning ta'mi qanday böladi? Yoş oşpaz özining şaxsiy rekordini qay darajada uddalaydi? Barçasiga 15 sentabr kuni guvoh bölamiz.
Ahror Ziyo, Farğona











