«Barselona» yetakçisi Lionel Messi, agar qandaydir favqulodda holat sodir bölmasa, kataloniyaliklar bilan şartnomasini uzaytiradi. Bu haqda As naşri xabar tarqatdi.

26 iyul kuni «Barselona» rasmiy sayti klub Argentina terma jamoasi hujumçisining otasi Xorxe Messi bilan kelişuvga erişgani va  ta'tildan söng Messi 2021 yilga qadar möljallangan şartnomaga imzo çekişini ma'lum qilgandi. Biroq hozirga qadar Messi şartnoma imzolayotgani yöq. 

Endilikda Messi bir qarorga kelgan va yangi tört yillik bitimni imzolaşga tayyor bölib turibdi. Futbolçining amaldagi şartnomasi 2018 yilning yozida nihoyasiga yetadi.