AQŞ armiyasining tadqiqot laboratoriyasi mutaxassislarining bir guruhi elektrolit sifatida tuzli suv aralaşmasidan foydalanib, bir neça joyidan teşilgan bölsa-da, portlamaydigan akkumulyator işlabçiqdi. Uning hajmi xöjalikda işlatiladigan elektron qurilmalarni ta'minlaş yetadi. 

Anodni polimerli qoplaş vositasida kuçlanişni 4 voltgaça kuçaytiriş mumkin böldi. Maxsus gel nafaqat xavfsiz foydalanişni kafolatlaydi, balki energiya ziçligini ham oşiradi. Işlanma körsatkiçlari suvli Li-ion batareyalarnikidan bir neça marta yaxşidir.

Hozirça, olimlar öz ixtirolarini takomillaştirişmoqda. Xususan, ular töliq işlaş davriyligini 50-100 dan 500 va undan köpgaça köpaytiriş hamda tannarxni pasaytiriş niyatidalar. Ularning taxminlariga köra, bu akkumulyator 2023 yildan erkin savdoda paydo bölişi mumkin. 

Foto: newatlas.com